1

Surxondaryoda sudyalar "samosud" qilindi

Jinoyat 12.07.2020, 16:45
Surxondaryoda sudyalar "samosud" qilindi

Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 9 iyuldagi qarorida harakatlanish uchun maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan xizmat avtotransport vositalari ro`yxati ma`lum qilindi. Bu ro`yxatga sud tizimi ham kiritilgan.

Biroq, ayrimlar qaror mohiyatini tushunmay, sud tizimi xodimlari xizmat mashinalari harakatiga to`sqinlik qilish holatlari uchrab turibdi.

Sudyalar oliy kengashi sudyalar daxlsizligini ta`minlash bo`yicha sud inspeksiyasidan ma`lum qilishlaricha, 2020 yil 10 iyul kuni soat 8.30 larda Jinoyat ishlari bo`yicha Jarqo`rg`on tumani sudining raisi Ya.Bekkamov hamda haydovchi R.Rahimnazarov shu sudga biriktirilgan “Neksiya 3” rusumli davlat raqami 530 YAA xizmat avtotransport vositasida, Jarqo`rg`on tumani ma`muriy sudining raisi X.Rahimova hamda haydovchisi shu sudga biriktirilgan “Neksiya 3” rusumli davlat raqami 307 VAA xizmat avtotransport vositasida tuman sudi binosi tomon harakatlanib kelayotganida tuman markaziga kiraverishda blok postda ular to`xtatilgan va postdan o`tkazilmagan.

Shu vaqtda postda bo`lgan tuman hokimi Z.Davlatov boshchiligidagi ishchi guruh Vazirlar Mahkamasining maxsus komissiyasi qaroriga zid ravishda, tuman sudi xizmat avtomashinalarini postdan o`tkazmay, xizmat avtomashinasi daxlsizligini buzib, ishga borishga imkoniyat bermay, yo`ldan o`tishga to`sqinlik qilib, ishchi guruh a`zolaridan bittasi xizmat avtomashinasining orqa o`ng eshigini ochib qo`lidagi uyali aloqa telefoni bilan tasvirga tushirib, postdan o`tish uchun navbat kutib turgan tirband fuqarolar oldida sudya va sud xodimlarini obro`sizlantirishga uringan.

Ularga qo`pollik qilib, tuman sudining haydovchisi R.Rahimnazarovni (o`zining bildirgisidan) yo`l patrul xizmati xodimi R.Raimov bilagidan tortib, IIB boshlig`i B.Xidirov va o`rinbosari Sh.Azizberdievlar avtomashina kalitini olib qo`yib, uni avtomashinada o`tirgan joyidan kuch ishlatib tortib, egnidagi ko`ylagini old ko`krak qismini yirtib, sud xodimini tuman IIB binosiga olib kelib, IIB boshlig`i o`rinbosari Sh.Azizberdiev sud xodimini haqoratlab, bo`ynidan bo`g`ib, shaxsiy telefon apparatini tortib olib, so`ngra vaqtincha ushlab turish hibsxonasiga qamab qo`ygan.

2020 yil 10 iyuldagi 442-sonli sud-tibbiy tekshiruvi dalolatnomasiga ko`ra, R.Rahimnazarovning badanida qontalash va shilinma aniqlangan. R.Rahimnazarovning badanida ko`krak qafasi o`ng tomoni, bo`yin orqa o`ng tomoni, o`ng ko`krak sohasida qontalashlar va o`ng qo`l tirsak tashqi yuzasida shilinmalar mavjudligi, uning ko`krak qafasi o`ng tomoni, bo`yin orqa o`ng tomoni, o`ng ko`krak sohasidagi qontalashlari va o`ng qo`l tirsak tashqi yuzasidagi shilinmalari o`tmas qattiq jismlarning bir-necha martabalik zarb va ishqalanish mexanizmlari ta`sirida etkazilganligi, og`irlik darajasiga ko`ra engil tan jarohatlari, deb baholangan.

Yuqoridagilarni inobatga olib, voqea joyida bevosita ishchi guruhiga rahbarlik qilgan Jarqo`rg`on tumani hokimi Z.Davlatov, tuman IIB boshlig`i B.Xidirov, o`rinbosari Sh.Azizberdiev va boshqa aloqador xodimlarga nisbatan sud xodimiga qasddan engil tan jarohati etkazish, sudya va sud xodimlarini obro`sizlantirish, sudyaning xizmat avtomashinasi daxlsizligini buzish va boshqa holatlarga qonuniy baho berish uchun to`plangan hujjatlar Surxondaryo viloyati prokuraturasiga yuborilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1