2020 yil 12 iyul soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 12855 (+149) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 45 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 28 nafari Andijon viloyatida ( shundan 11 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 17 nafari esa aholi orasida) 76 nafari Toshkent shahrida aholi orasida aniqlangan.
Bugun ayni paytga qadar yurtimizda 7723 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar ( 60 foiz) sog`aydi.
Hozirda mamlakatimizda 5073 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.