1

Koronavirus oxiri Trampni niqob taqishga majbur etdi

Dunyo 12.07.2020, 21:40
Koronavirus oxiri Trampni niqob taqishga majbur etdi

Bugun AQSh prezidenti Donald Tramp ilk bor odamlar oldida tibbiy niqobda ko`rinish berdi. Pandemiya boshlangandan beri necha oy o`tgan bo`lsa u hech bir chiqishida niqob taqmagandi. Bu haqda BBC yozdi.

"Men hech qachon niqob taqishga qarshi bo`lmaganman. Lekin, niqob taqishning o`z vaqti va joyi bor, deb hisoblayman", – deb aytgan Donald Tramp Uolter Rid nomidagi harbiy gospitalga tashrifi oldidan.

Bundan ikki hafta avval prezident atrofidagi mulozimlari muntazam ravishda COVID-19 testidan o`tishi va shu sabab niqob taqishga ehtiyoj sezmasligini aytgandi.

AQShda bugunga qadar 3 375 387 kishi virusga chalingan, 137 48 nafar bemor vafot etgan. Bir kunda virusga chalinganlar soni 70 mingga yaqinlashmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1