1

Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Barno Odilova kasallikni belgilarsiz o`tkazayotgan bemorlar uchun tavsiyalar berdi

Salomatlik 12.07.2020, 23:11
Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Barno Odilova kasallikni belgilarsiz o`tkazayotgan bemorlar uchun tavsiyalar berdi

Sog`liqni saqlash vazirligi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Barno Odilova virus yuqqanda uy sharoitida davolanish choralari to`g`risida ma`lumot berdi. Video:

Joriy yilning 5 iyul sanasidan boshlab koronavirus kasalligi aniqlangan bemorda xech qanday a`lomatlar kuzatilmasa, bunday bemorlarni ambulator, ya`ni o`z uyida davolash amaliyoti yo`lga qo`yildi.

Kasallik alomatlari kuzatilmagan, uyda davolanayotgan bemorlar 10 kun davomida shifokorlar nazoratida bo`ladi va bemorga kerakli tavsiyalar berib boriladi.

Uyda davolanayotgan bemorni uyning boshqa a`zolaridan yakkalatish, ishlatadigan idish-tovoq va ko`rpa to`shagini alohida qilish kerak.

Bemorga ishlatilgan idish-tovoq va ko`rpa to`shaklar 60 S haroratdagi suvda yuvish va xlorli suvda chayish kerak.

Bemorlar kun davomida ko`p miqdorda suyuqlik ichishi kerak.

Agar koronavirus kasalligi belgilari paydo bo`lsa nima qilish kerak?

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1