Toshkentlik 65 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi

Jamiyat 12.07.2020, 23:28
Toshkentlik 65 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi

SSV xabariga ko`ra Olmazor tumanida yashovchi M.X.da so`nggi ikki haftada tana harorati ko`tarilishi, holsizlik, yo`tal kuzatilib, uyida davolangan. Tana harorati tushmagach, "COVID-19" infeksiyasiga namuna topshirgan.  

Bemor Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Unga "COVID-19" infeksiyasi og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya, nafas va o`tkir yurak qon-tomir etishmovchiligi tashxisi qo`yilgan. Shuningdek, yurak ishemik kasalligi, gipertoniya, arterial gipertenziya hamroh kasalliklar bilan ham og`rigan.

Reanimasion muolajalarga qaramasdan, bemor o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligidan vafot etdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1