7 bemorning ahvoli o`ta og`ir: O`zbekistonda koronavirus bilan bog`liq vaziyat bo`yicha so`nggi kun statistikasi

Jamiyat 13.07.2020, 05:00
7 bemorning ahvoli o`ta og`ir: O`zbekistonda koronavirus bilan bog`liq vaziyat bo`yicha so`nggi kun statistikasi

Sog`liqni saqlash vazirligining ma`lum qilishicha, kecha, 12 iyul kuni mamlakatimizda 484 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 219 nafari karantin muassasalarida, 265 nafari aholi orasida aniqlangan.  

 Shu bilan birga, kecha Toshkent shahrida 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

 Avval xabar qilganimizdek, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Buxoro va Navoiy viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida 129 nafar fuqaro sog`aydi.  

 Hozirda kasallik qayd etilgan jami 12997 nafar bemordan 7852 nafari sog`ayib, davolanish ko`rsatkichi 60 foizni tashkil etmoqda.

 Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 5085 nafar bemordan 43 nafari og`ir, 7 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 50 253 nafar, stasionar karantinda esa 25 482 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo`lib turibdi.  

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1