Bir muddat avval Xalq ta`limi vaziri Shezod Shermatov AOKA shtabida bo`lib o`tgan brifingda ayrim oilalarni qizlarning ta`limiga nisbatan bo`layotgan munosabati yomonligini aytib, ularni qoralagan edi. Hatto, eski shahar tomonlarda ana shunday oilalar haqida shaxsan bilishini bildirgan ham. Shundan so`ng vazirning ushbu fikrlari ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilindi. Shunga ko`ra, Sherzod Shermatov ushbu tanqidlarga javob qaytardi:
"Eski shaharliklar oliy ta`limga kamroq harakat qiladi degan fikrimni kimlardir boshqacha talqin qilib, noo`rin xafa bo`lgani odamni hayron qoldirdi.
Avvalo, o`zim ham shu eski shaharda tug`ilganimni va barchamizga sevimli bo`lgan o`sha mashhur “Shumbola” filmidagi quyidagi epizod aynan bizning ko`chamizda tasvirga olinganini ba`zi yurtdoshlarimizga eslatib o`tmoqchi edim (hozir ham shu ko`chamiz va bostirmamiz bor).

Kuni kecha, eski va yangi hududlar orasidagi ushbu tafovut haqidagi haqiqatni aytganim uchun xafa bo`lish emas, balki undan xulosa qilib, farzandlarimizni o`qishga yanada qiziqtirsak, shundagina eski shaharlarimiz yanada rivojlanadi. Shaxsan o`zim shunday insonlar orasida o`sib-ulg`ayganim sababli, bu muammo haqida ichimdan his qilib, kuyinib gapirgan edim.
Muammo shundaki, yillar davomida ushbu hududlarda oliy ta`limga qiziqish past bo`lgandan keyin, oliy ma`lumot talab etiladigan o`qituvchi, muhandis, vrach, davlat xizmatchisi kabi qator kasb egalari kamayib boradi. Bu esa o`z navbatida o`sha hududlarning rivojlanishiga salbiy ta`sir qiladi.
Shuning uchun, “o`qib kim bo`larding” qabilida gapirmasdan, hozir o`qishga moyilligi bor farzandlaringizga o`ziga mos yo`nalishga hujjat topshirishga undashning ayni vaqti. Ushbu vaqtni boy bermaslik kerak!
PS. E`tibor bergan bo`lsangiz, o`sha kinofilmda taniqli aktyor Ergash Karimovning yana bir gapi bor: “O`qi bolam, odam bo`lasan!” - munosabatini yakullagan Xalq ta`limi vaziri.