1

Bugundan O`zbekistonda mahalliy yo`nalishlardagi poezdlar va avia qatnovlar to`xtatildi, faqat...

Jamiyat 13.07.2020, 07:00
Bugundan O`zbekistonda mahalliy yo`nalishlardagi poezdlar va avia qatnovlar to`xtatildi, faqat...

Avval xabar qilganimizdek, bugun, 13 iyul, dushanba kunidan mahalliy yo`nalishlardagi poezdlar va avia qatnovlar ham to`xtatiladi.

Kuchaytirilgan karantin tartibi sharoitida faqatgina Respublika maxsus komissiyasi tomonidan tasdiqlangan parvozlar jadvaliga muvofiq, xorijiy davlatlardagi fuqarolarimizni vatanga olib kelish bo`yicha repatriasion reyslar bajariladi.

Chegara punktlaridan fuqarolarni karantin hududlariga etkazish uchun avtobus tashuvlari amalga oshiriladi.

 Shuningdek, karantin muddatini o`tab bo`lgan fuqarolarni reabilitasiya uchun shifoxonalarga va yashash manzillariga etkazishda temiryo`l va avtobuslardan foydalaniladi.

 Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan “sariq” va “yashil” toifaga kiritilgan mamlakatlardan charter reyslari kelib tushgan arizalarga muvofiq tashkil etiladi;

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1