1

Sirdaryoda 251 million so`mlik uyali telefonlarning noqonuniy aylanmasi fosh bo`ldi

Jamiyat 13.07.2020, 08:43
Sirdaryoda 251 million so`mlik uyali telefonlarning noqonuniy aylanmasi fosh bo`ldi

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo`limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idora vakillari bilan hamkorlikda Xovos tumanida tezkor tadbir o`tkazishdi, deya xabar bermoqda Davlat Bojxona qo`mitasi Axborot xizmati. 

Tezkor tadbir davomida, Xovos-Jizzax yo`nalishi bo`yicha harakatlanib kelayotgan fuqaro X.R. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi to`xtatilib, o`rnatilgan tartibda ko`zdan kechirildi. 

Natijada, avtomashinada fuqaro X.S. tomonidan olib ketilayotgan va tegishli hujjatlari bo`lmagan, umumiy qiymati 251 million so`mlik
jami 200 dona uyali telefon apparatlari borligi aniqlandi. 

Hozirda aniqlangan holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1