Bugundan boshlab Moskva ko`chalarida majburiy niqob taqish bekor qilindi

Jamiyat 13.07.2020, 09:25
Bugundan boshlab Moskva ko`chalarida majburiy niqob taqish bekor qilindi

Moskva ko`chalarida majburiy niqob taqish 13 iyuldan bekor qilinadi, ammo ijtimoiy masofani saqlash talabi saqlanib qolmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Matbuot kotibining rasmiy sahifasida yozildi.

2020 yil 13 iyuldan fuqarolar ko`chada bo`lganda niqob, respirator yoki nafas olish organlarini himoya qiluvchi boshqa vositalardan foydalanish tavsiya etiladi. Ko`chalarda majburiy niqob taqish tartibi bekor qilinadi, deyiladi Moskva shahri ma`muriyati bayonotida.

Jamoat transporti, tibbiyot muassasasi, do`kon va boshqa jamoat joylarida niqob va qo`lqoplardan foydalanish talabi saqlanib qolinadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1