AsosiyJamiyat

Koronavirusning 61-qurboni: Poytaxtdan yana bir ayol vafot etdi

'Koronavirusning 61-qurboni: Poytaxtdan yana bir ayol vafot etdi'ning rasmi

SSV O`zbekistlonda koronavirusning 61-qurboni haqida xabar berdi. 

Joriy yilning 10 iyul kuni Shayxontohur tumanida yashovchi 67 yoshli M.T. (ayol)da “COVID-19” tasdiqlangan. Shu kuniyoq o`tkir nafas etishmovchiligi sababli bemorning ahvoli og`ir bo`lganligi uchun Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimasiya bo`limiga yotqizilgan.

Shifoxonada unga “COVID-19” infeksiyasining o`ta og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya, nafas etishmovchiligining 3-darajasi, o`tkir yurak qon-tomir etishmovchiligi tashxisi qo`yilgan.

Shuningdek, bemorda gipertoniya kasalligining 2-darajasi, arterial gipertenziya, qandli diabet, surunkali xolesistit kabi hamroh kasalliklar bo`lgan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultasiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemor o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligidan vafot etdi

    Boshqa yangiliklar