AsosiyJamiyat

Bir kechada O`zbekistonda yana 196 kishida koronavirus aniqlandi, Toshkentda aholi orasida aniqlanish keskin oshib ketdi

'Bir kechada O`zbekistonda yana 196 kishida koronavirus aniqlandi, Toshkentda aholi orasida aniqlanish keskin oshib ketdi'ning rasmi

2020 yil 13 iyul soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 13193 (+196) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 142 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, 25 nafari Namangan viloyatida (shundan 21 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari aholi orasida), 20 nafar Buxoro viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 9 nafari Farg`ona viloyatida (shundan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 7 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 7852 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog`aygan.  

Hozirda mamlakatimizda 5280 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 43 nafari og`ir, 7 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

    Boshqa yangiliklar