AsosiyJamiyat

Pandemiya jahonda millionlab aholini go`sht iste`molidan voz kechishga majbur qilishi mumkin

'Pandemiya jahonda millionlab aholini go`sht iste`molidan voz kechishga majbur qilishi  mumkin'ning rasmi

Aholi jon boshiga go`sht iste`moli koronavirus pandemiyasi tufayli 2020 yilda deyarli 3 foizga kamayishi mumkin, bu 2011 yildan beri eng past ko`rsatkichdir. Bu haqda "O`zbekoziqovqatxolding" "Bloomberg" BMT ma`lumotlariga tayanib yozmoqda.

Tahlilchilar ushbu mahsulotga bo`lgan umumiy talabning pasayishini taxmin qilishmoqda. Masalan, AQShda go`sht iste`moli inqirozgacha bo`lgan darajaga qaytmasligi mumkin, hech bo`lmaganda 2025 yilgacha. Ushbu tendensiya tufayli pandemiya davrida dunyo bo`ylab millionlab aholi go`shtdan voz kechishga majbur bo`ladi.

Pandemiya ta`sirida ko`plab mamlakatlarda restoranlarning yopilishi ham  talabga kuchli zarba berdi.  Dunyoda  go`sht  iste`molining chorak ulushini tashkil etadigan Xitoyda  koronavirus avj olganidan keyin mahsulotga bo`lgan ishonch ham  kamaygan. Ishlab chiqarishdagi uzilishlar narxlarning ko`tarilishiga olib keladigan ta`minot muammolarini  keltirib chiqargan.

Yana  bir  misol, AQShda go`sht oddiy amerikaliklar uchun  qimmatlik qilmoqda va u boylar iste`mol qiladigan mahsulotga aylanib  ulgurdi. COVID-19ning keng tarqalishi tufayli mamlakatda go`shtni qayta ishlash hajmi pasayib ketgan.

    Boshqa yangiliklar