Amazon, Aliexpress, Ebay va Wish onlayn platformadan sotib olingan mahsulari xafsizlik test sinovidan o`tmadi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi huzuridagi Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish Agentligi yozmoqda.
- USB zaryadlovchi jihozlar, sayohat adapterlari va batareyalar haddan tashqari qizib ketishi yoki elektr toki urishiga olib keldi;
- Go`daklar va bolalar uchun plastik o`yinchoqlarda qonuniy kimyoviy cheklovlarga rioya qilinmagan;
- Tutun va uglerod oksidini (CO) aniqlovchi signallar ishlamasligi;
- Tishlarni oqartirish mahsulotlari yuqori konsentrat tufayli milklarga salbiy ta`sir etishi va tish sezgirligini keltirib chiqarishi aniqlangan.
BEUC Evropada eng yirik iste`molchilar tashkiloti bo`lib, Amazon, Aliexpress, Ebay va Wish onlayn platformalarida sotuvda bo`lgan elektron hamda go`zallik buyumlari, bolalar o`yinchoqlari kabi 250 turdagi mahsulot xavfsizligini aniqlash maqsadida ularni laboratoriya sinovlaridan o`tkazdi. Xavf darajasi yuqori hisoblangan mahsulotlar tanlab olindi. Sinov natijalariga ko`ra, mahsulotlarning 66 foizi (250 tadan 165 tasi) Evropa Ittifoqi xavfsizlik to`g`risidagi qonunchilik talablariga muvofiq emas.
Evropa iste`molchilar tashkiloti (BEUC) Amazon va Ebay kabi yirik onlayn-platformalar Evropa Ittifoqi xavfsizlik standartlariga mos kelmaydigan mahsulotlarni o`z maydonlarida sotilishi uchun javobgar bo`lishi lozim ekanligini bildirdi.
Nosoz mahsulotlar haqida ma`lumot olingandan so`ng, onlayn-platformalar ularni qaytarib olishlariga qaramay, bunday mahsulotlar qaytadan sotuvda paydo bo`ladi. Asosiy muammolardan biri shundaki, onlayn savdo platforma egalari o`zlarining platformalarida sotilayotgan mahsulotning xavfsizligi uchun o`zlarini javobgar deb hisoblashmaydi, ularning fikricha bunday mahsulotlar uchun sotuvchining o`zi javobgar bo`lishi kerak. Natijada, onlayn savdo saytlarining egalari savdo maydoniga kirib keluvchi sotuvchilarning ishonchliligini etarlicha nazorat qila olmaydi.
“O`tkazilgan sinovlar shuni ko`rsatdiki, onlayn xaridlar oflayn kabi xavfsiz emas. Buning sabab shundaki, savdo platformalari xavfli mahsulotlarning paydo bo`lishiga to`sqinlik qila olmaydi” – dedi Monika Goens, Evropa iste`molchilar tashkiloti (BEUC) bosh direktori.
“Endilikda, Internetdagi onlayn maydonlar o`z saytlarida sotilayotgan mahsulotlar xavfsizligi uchun javobgarlikni o`zlariga olishlari zarur va hukumat ularning nazoratini yanada kuchaytirishi lozim. Bu chora tadbirlar bozorlar xavfsizligini oshirishga ijobiy ta`sir qo`rsatib, birinchi o`rinda iste`molchilarni xavfli mahsulotlardan asraydi” – qo`shimcha qildi Monika Goens.
Pandemiya vaqtida onlayn xaridlar
BEUC tashkilotining raqamli siyosat bo`yicha katta mutaxassisi Marian Fernandesning ta`kidlashicha, yuzaga kelgan vaziyat onlayn platformalarning qudratini va bizning jamiyatimizga va iqtisodiyotimizga ta`sirini har qachongidan ham aniq ko`rsatib berdi. Shu bois, BEUC shaffoflikni ta`minlashga qaratilgan qonunchilik me`yorlari va talablarini yaratish bo`yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishni, xususan Evropa Ittifoqining amaldagi elektron tijorat yo`riqnomasiga yangi qo`shimchalar kiritish bilan mahsulot xavfsizligi uchun javobgarlikni yanada oshirishni tavsiya qiladi.






