AsosiyJamiyat

Ijtimoiy tarmoqda “Maqsud Muzaffarovdan super oxota... Noqonuniy radar yig`ishtirildi” sarlavhasi ostida tarqalgan videolavha yuzasidan munosabat bildirildi

'Ijtimoiy tarmoqda “Maqsud Muzaffarovdan super oxota... Noqonuniy radar yig`ishtirildi” sarlavhasi ostida tarqalgan videolavha yuzasidan munosabat bildirildi'ning rasmi

Joriy yilning 10 iyul kuni ijtimoiy tarmoqda “Maqsud Muzaffarovdan super oxota... Noqonuniy radar yig`ishtirildi” sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi. Videolavha O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB tomonidan o`rganib chiqilganda, joriy yilning 5 iyul kuni Qashqadaryo viloyati IIB YHXB YPXO 1-safarbar guruhi YPX inspektori Sh.Eshimov belgilangan taqsimot asosida yo`l-transport xodisalarining oldini olish, tezlikni me`yoridan oshirgan haydovchilarni aniqlash maqsadida “Auto Con” rusumli onlayn rejimda ishlovchi fotoradar bilan viloyat hududidan o`tuvchi xalqaro va mahalliy ahamiyatga ega bo`lgan yo`llarga xizmatga jalb qilinganligi ma`lum bo`ldi.

Shu kuni soat 11:30 larda, Yakkabog` tumani hududidan o`tuvchi M 39 xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo`lining 1182-kilometrida o`ziga xizmat yuzasidan biriktirilgan “Auto Con” rusumli fotoradar maxsus moslamasini o`rnatib xizmat olib borayotgan vaqtida, uning oldiga o`zini Maqsud Muzaffarov, deb tanishtirgan fuqaro kelgan va tezlik o`lchovchi maxsus moslamani 5.43. – “RADAR” yo`l belgisi bo`lmagan hududda o`rnatganligiga e`tiroz bildirgan va belgilangan qaror talablar asosida ish olib borishini so`ragan.

Shuningdek, YPX inspektori Sh.Eshimov fuqaro M.Muzaffarov bilan muloqotga kirishgan vaqtida uning bodikamerasi bo`lmagan.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB tomonidan xizmat tekshiruvi tayinlandi. Tekshiruv xulosasi bo`yicha qo`shimcha ma`lumot beriladi.

    Boshqa yangiliklar