Ushbu savolga AOKA huzuridagi shtabda o`tkazilgan brifingda ishtirok etgan Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig`i Nurmat Otabekov quyidagicha javob berdi:
"- Birinchidan Test sistemasi-bu virusga o`ta sezuvchan reaktiv bo`lib reaktivga virusni joylashtirib bo`lmaydi. Shuning uchun Xitoyliklar yuborgan testlardan koronavirus yuqayotganligi xaqidagi gaplar asossiz, internet olamidagi yolg`onlardan biri.
Test sistemalardan kasallik yuqmaydi, biroq, ba`zan ushbu testlarning sezgirligi past bo`lishi mumkin. Bunday hollarda kasallik yuqmagan taqdirda ham, kasalligi borlarga “manfiy”, kasalligi yo`qlarga “musbat” degan javob berilishi ehtimoli bor. Shuning uchun amaliyotda qo`llanilishidan avval barcha testlar sezgirlik nuqtai nazaridan tekshiruvdan o`tkaziladi."






