1

Sog`liqni saqlash vazirligi koronavirusdan vafot etgan 14 yoshli o`smir haqidagi ma`lumotni yashirganmidi?

Jamiyat 13.07.2020, 16:04
Sog`liqni saqlash vazirligi koronavirusdan vafot etgan 14 yoshli o`smir haqidagi ma`lumotni yashirganmidi?

Shtab azosi Habibulla Oqilov «O`zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida koronavirusdan vafot etganlar orasida 14 yoshli fuqaro borligini aytib o`tdi. Lekin Sog`liqni saqlash vazirligi bunday malumot bermagan edi. Nega koronavirusdan vafot etganlar soni aniq aytilmasdan, kamaytirilib ko`rsatilyapti?

 Ushbu savolga AOKA huzuridagi shtabda o`tkazilgan brifingda ishtirok etgan Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig`i Nurmat Otabekov quyidagicha javob berdi: 

➖ Koronavirusga qarshi kurashish shtabi vakili, Toshkent shifokorlar malakasini oshirish instituti rektori, professor Habibulla Oqilov «O`zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida bizda vafot etganlarning 13 foizini 40 yoshgacha bo`lgan insonlar tashkil etishi xaqida gapirdilar. Afsuski, vafot etganlar orasida 14 yoshli bola (20 yoshgacha bo`lganlar — 3 foiz) ham bor deb o`tdilar.

Shu kuni Sog`liqni saqlash vazirligi ham kasallikdan vafot etganlarni sonini yashirmay to`g`ri ma`lumot taqdim etgan. Yana qaytarib aytaman, respublikamizda kasallanganlar va vafot etayotganlar to`g`risidagi ma`lumotlar aniq, shaffof xolda fuqarolarga etkazilmoqda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1