SSVning ma`lum qilishicha, 2020 yil 13 iyul soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 13360 (+167) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 83 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 75 nafari Toshkent shahrida va 9 nafari esa Navoyi viloyatida barchasi aholi orasida aniqlangan.
❗️ Ayni paytga qadar yurtimizda 7852 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar ( 58 foiz) sog`aydi.
‼️Hozirda mamlakatimizda 5446 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. 62 nafar bemor vafot etgan.






