1

Alomatsiz koronavirusga chalingan ayol lift tugmasi orqali 71 kishiga virus yuqtirdi

Dunyo 13.07.2020, 22:27
Alomatsiz koronavirusga chalingan ayol lift tugmasi orqali 71 kishiga virus yuqtirdi

Amerikalik ayol Covid-19 bilan kasallangan, ammo unda virus alomatlari kuzatilmagan. Ayol o`zi bilmagan holda liftda bor yo`g`i bir daqiqa davomida harakatlangan va 71 kishiga virus yuqtirgan. Bu haqda AQSh Kasalliklarni nazorat qilish markazi tomonidan o`tkazilgan tadqiqotda aytilgan, – deya internet manbalarga tayanib msn.com.ru xabar berdi.

Olimlar virus yuqtirgan bitta odamning epidemiologik vaziyatga qanday ta`sir qilishi mumkinligini aniqlashga harakat qilishdi.

Ommaviy infeksiya holatlarini o`rganishda mutaxassislar Xitoyning ikkita kasalxonasida epidemiyani tekshirdilar. Ma`lum bo`lishicha, insultga chalingan, yangi virusni yuqtirgan odam tibbiy muassasalardan biriga olib kelingan. Davolanish paytida u 20 kishiga, jumladan o`g`illariga kasallikni yuqtirgan. Ular esa yana 28 kishining kasallikka mubtalol qilishgan. 

Shifokorlar uzoq vaqt davomida birinchi xastalangan odamning virusni kimdan yuqtirganini bilish uchun surishtiruv olib borishdi. Oxir-oqibat, insultga chalingan odam yashagan ko`p qavatli uyning barcha aholisini tekshirishdi. Ma`lum bo`lishicha, ushbu uyda yashovchilardan biri AQShdan kelgan va o`zini yaxshi his qilgan. Mutaxassislar uning virus tashuvchi bo`lganini gumon qilishdi va barcha harakatlari sxemasini tuzishdi. Biron bir kasallik yuqtirgan odam bilan aloqasi yo`qligini aniqladilar. Shunday qilib, mutaxassislar ayol infeksiyani virusga chalingan odam foydalangan lift orqali yuqtirgan degan xulosaga kelishdi. Ehtimol, boshqa odamlar ham lift tugmalariga teginib, virus yuqtirgan.

"Bizning natijalarimiz shuni ko`rsatadiki, bitta alomatlarsiz bemor ham infeksiyaning keng tarqalishiga olib kelishi mumkin", – deya xulosa qildi tadqiqot mualliflari.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1