Respublikada COVID-19 koronavirusining tarqalishini oldini olish bo`yicha amalga oshirilayotgan choralar munosabati bilan, O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (TIV)ning Konsullik-huquqiy departamentida fuqarolarni qabul qilish 2020 yil 14 iyuldan 2020 yil 1 avgustgacha vaqtincha to`xtatiladi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.
"O`ta shoshilinch holatlarda quyidagi aloqa raqamlari va elektron manzillarga murojaat qilish mumkin:
- fuqarolik, legalizasiya va boshqa masalalar bo`yicha:
Tel.:+998(71)233-36-03, elektron pochta: legalization@mfa.uz
- viza masalalari bo`yicha:
Tel.:+998(71)236-27-07, elektron pochta: visa@mfa.uz
- pasport rasmiylashtirish masalasi bo`yicha:
Tel.: +998(71)233-45-01, elektron pochta: passport@mfa.uz
- jismoniy va yuridik shaxslarining boshqa masalalari yuzasidan murojaatlari bo`yicha:
Tel: +998(71)233-28-28, Call-sentr -1164, elektron pochta:






