AsosiyJamiyat

Xalq bankining uch filialida koronavirus aniqlandi

'Xalq bankining uch filialida koronavirus aniqlandi'ning rasmi

Xalq bankining uchta filiali hozirda karantinga olingan bo`lib, ushbu bank muassasalarida xizmat ko`rsatish vaqtincha to`xtatildi, deya xabar bermoqda Bank Matbuot xizmati.

Jumladan:

* Andijon viloyati Kuyganyor filialida 59 kishi karantinga olingan, shundan 1 nafarida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

* Navoiy viloyati Nurota filialida barcha xodimlar test topshirgan, shundan 8 nafarida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Hozir filial vaqtincha faoliyatini to`xtatgan.

* Navoiy shahar filialida ham barcha xodimlar test topshirgan va natijasini kutmoqda. Hozircha 1 nafar xodimda infeksiya aniqlangan.

Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani filialida ham xodimlar koronavirusga test topshirgan. Hech bir xodimda infeksiya aniqlanmagan. Karantin qoidalariga qat`iy amal qilgan holda faoliyatini davom ettirmoqda.

Xalq banki karantin paytida o`zingizni asrashni, uyda qolishni tavsiya qiladi. Ayniqsa, pensionerlarimizning hayotini asrash maqsadida ular uchun pensiya va nafaqa pullari uyma-uy yurib tarqatilmoqda.

    Boshqa yangiliklar