Qashqadaryo viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazining 4 nafar xodimida koronavirus aniqlandi

Jamiyat 14.07.2020, 08:30
Qashqadaryo viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazining 4 nafar xodimida koronavirus aniqlandi

8 iyul kuni o`tkazilgan tekshiruvlarda SEO markazining 4 nafar xodimida test sinovlari musbat natijani ko`rsatdi. Shu boisdan 9-10 iyul kunlari markaz to`liq dizenfeksiya tadbirlarini o`tkazish uchun vaqtincha yopildi. Laboratoriyada ishlovchi xodimlar uy karantiniga olingan. Bu haqda «Nasafnews» Qashqadaryo viloyat SEOM axborot xizmati rahbari Bahriddin Esonovga tayanib xabar qildi.

Xabarga ko`ra, markazning 500 ga yaqin xodimi xavfli virusning tahlili, dizenfeksiya ishlariga jalb qilingan. Bu jarayonda ongli ravishda ishtirok etib, xavfli virusni yuqtirib olish holatlari ham kuzatilmoqda.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1