AsosiyJamiyat

Koronavirusning 64-qurboni qarshilik 56 yoshli erkak bo`ldi

'Koronavirusning 64-qurboni qarshilik 56 yoshli erkak bo`ldi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida yashovchi, 56 yoshli B.V. (erkak) joriy yil 5 iyul kunidan 10 iyulgacha tana harorati ko`tarilib, holsizlik kuzatilgan.  

11 iyul kuni esa tana harorati tushmay, holsizlik va yo`tal kuchayganligi hamda nafas etishmovchiligi belgilari paydo bo`lganligi sababli “COVID-19” infeksiyasiga namuna topshirgan va kasallik tasdiqlangan.

Bemor og`ir ahvolda viloyat Ftiziatriya va pulmonologiya markazi reanimasiya bo`limiga yotqizilgan. Unga “COVID-19” infeksiyasi o`ta og`ir kechishi tashxisi qo`yilgan. Kasalli ikki tomonlama pnevmoniya og`ir kechishi, nafas etishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultasiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.  

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og`irlashib,  yurak qon-tomir etishmovchiligidan vafot etdi

    Boshqa yangiliklar