AsosiyJamiyat

Bir kechada O`zbekistonning 8 ta hududidan yana 281 nafar koronavirusga chalinganlar aniqlandi. Aholi orasida yuqtirgan soni ortib bormoqda

'Bir kechada O`zbekistonning 8 ta hududidan yana 281 nafar koronavirusga chalinganlar aniqlandi. Aholi orasida yuqtirgan soni ortib bormoqda'ning rasmi

2020 yil 14 iyul soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 13872 (+281) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 201 nafari Toshkent shahrida (shundan 50 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 151 nafari aholi orasida), 21 nafari Qashqadaryo viloyatida, 20 nafari Samarqand viloyatida, 15 nafari Navoiy viloyatida, 6 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 15 nafar Namangan viloyatida (shundan 13 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida), qolgan 3 nafar Jizzax viloyatida aholi orasida aniqlangan.

 Ayni paytda yurtimizda 8030 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog`aygan.

 Hozirda mamlakatimizda 5778 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 53 nafari og`ir, 7 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

    Boshqa yangiliklar