Ushbu savolga AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Habibulla Oqilov javob berdi:
— Ilmiy izlanishlar natijalariga ko`ra, koronavirusning bolalar va o`spirinlarga yuqimlilik darajasi kattalar bilan deyarli bir xil. Dunyo miqyosidagi tajribalar bolalar va o`smirlar kasallikning og`ir darajasiga chalinish ehtimoli kamligini, lekin kasallikni boshqalarga yuqtirishi kattalar bilan bir xilligini ko`rsatadi.
️Shuning uchun karantin va yakaalanish choralariga bolalar va o`spirinlar ham qat`iy amal qilishlari lozim. Ularni kasallik davrida keksa yoshlilardan keskin alohidalash zarur.






