1

Denovda o`g`irlangan mashina egasiga qaytarildi

Jinoyat 14.07.2020, 13:34
Denovda o`g`irlangan mashina egasiga qaytarildi

Denov tumanida, 2020 yilning 9 iyul kuni soat 15:00 da Denov shahrida yashovchi R.B. Denov tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilib, unda Denov shahar “Quyoshli yurt” mahallasida yashovchi S.A.ning nomida bo`lgan “Vaz 2106” rusumli jigarrang avtomashinasini ishonchnoma orqali qo`shnisi J.M.dan sotib olganligini, 2020 yilning 8 iyul kuni kech soat 23:30larda ushbu avtomashinani yashash xonadonining oldiga qo`yganligini tongi vaqt soat taxminan 04:00lar chamasida yashash xonadonining oldida turgan avtomashinasini o`g`irlab ketganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan, Denov tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan noma`lum shaxslarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida mazkur transport vositasi Jarqo`rg`on tumani “Yoshlik” mahallasi hududidan o`tuvchi 4R 100 avtomobil yo`lining 6 kilometrida qarovsiz holda topilgan.

Jinoyatni fosh etish maqsadida olib borilgan surushtiruv ishlari davom ettirilganida, ushbu jinoyatni Denov shahar “Sanoatchilik” mahallasida yashovchi, muqaddam O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan sudlangan, N.N. sodir etganligi aniqlanib, undan tegishli daliliy ashyolar olingan.

Mazkur o`g`rilik jinoyatini sodir etgan N.N. ismli shaxs ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1