Bugun, Toshkent vaqti bilan 12:34 da Afg`onistonda zilzila sodir bo`ldi. Zilzila ta`sirida Respublikamiz hududida 2 ballik er silkinishi qayd etilgan. Zilzila episentridan Toshkentgacha bo`lgan masofa 540 kilometrni tashkil etadi. Bu haqda FFV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar bermoqda.
Respublikaning turli hududlarida zilzila ta`siri quyidagicha qayd etildi:
Namangan : 496 km, 2 ball.
Andijon : 485 km, 2 ball.
Farg`ona: 431 km, 2 ball.
Guliston: 471 km, 2 ball.
Jizzax : 473 km, 2 ball.
Samarqand: 483 km, 2ball.
Termiz : 326 km, 2 ball.
Qarshi: 513 km, 2 ball.
O`zbekistonning boshqa hududlarida er silkinishi qayd etilmagan. Talafotlar va jabrlanganlar haqida xabar kelib tushmagan.






