Samarqandda giyohvandlik vositasini sotayotgan shaxs koronovirusga chalinganligi aniqlandi

Jinoyat 14.07.2020, 14:11
Samarqandda giyohvandlik vositasini sotayotgan shaxs koronovirusga chalinganligi aniqlandi

2020 yilning 10 iyul kuni soat 12:30 da IIB xodimlari tomonidan Samarqand shahrida o`tkazilgan tezkor tadbirida 38 yoshli U.D. 0,59 gramm «Gashish» giyohvandlik vositasini 500.000 so`mga qonunga xilof ravishda sotgan vaqtida ushlanib, tadbirda ishlatilgan 250.000 so`m pullar xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirib olingan.

Holat yuzasidan Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (ko`p miqdorda giyohvandlik vositasini o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Jinoyat ishi bo`yicha U.D., ga tegishli modda bilan ayb e`lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Ammo dastlabki tergov jaranida U.D. «Covid-19» kasalligi bilan xastalanganligi aniqlanib, zudlik bilan unga nisbatan qo`llanilgan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi “munosib xulq-atvorda bo`lish haqidagi tilxat” ehtiyot chorasiga almashtirilgan, U.D. karantinga olingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1