AsosiyJamiyat

Hukumatning ayrim qarorlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi

'Hukumatning ayrim qarorlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi'ning rasmi

Kiritilgan o`zgartirishlarga ko`ra, quyidagi xarajatlar Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag`batlantirish agentligiga ajratiladigan subsidiyalar hisobidan kompensasiya qilinadi:

eksport qiluvchilarning avtomobil, havo va temir yo`l transportida eksportga tashish, shuningdek, garov sifatida sug`urta xizmatlaridan foydalanganda sug`urta mukofotini to`lash;

meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchilarning qishloq xo`jaligi birlashmalari a`zolarini yangi texnologiyalarga o`rgatish;

agrotexnik tadbirlar monitoringi va marketing tadqiqotlarini o`tkazish;

vakolatli organlarning mahsulotlarni eksport qilish uchun zarur bo`lgan ruxsatnoma va sertifikatlarini rasmiylashtirish.

Shuningdek, qaror bilan Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotni eksport qilishda tashish xarajatlarini O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag`lari hisobiga kompensasiya qilish tartibi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 660-son qarori o`z kuchini yo`qotdi.

    Boshqa yangiliklar