Jarqo`rg`onda sudyalarning omma oldida obro`sizlantirilishi senatorlik nazoratiga olindi

Jamiyat 14.07.2020, 15:13
Jarqo`rg`onda sudyalarning omma oldida obro`sizlantirilishi senatorlik nazoratiga olindi

 Surxondaryoda sud raisi va sud xodimlariga nisbatan IIB xodimlari tomonidan qilingan tahqirlash va ularni obro`sizlantirib do`pposlangani haqida xabar qilgan edik.

 Ushbu holat voqeaga Adolat” SDP o`z pozisiyasini bildirgan edi.  

Ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinayotgan Jarqo`rg`on tumanida sudyalarning omma oldida obro`sizlantirilganligi, sud xodimining esa do`pposlanganligi holati Senatning Surxondaryo viloyatiga biriktirilgan senatori tomonidan mutasaddilar ishtirokida o`rganildi:

Ma`lumki, Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 9 iyuldagi qarorida harakatlanish uchun maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan xizmat avtotransport vositalari ro`yxati bayon etilgan edi. Ushbu ro`yxatga sud tizimi ham kiritilgan.

Biroq jinoyat ishlari bo`yicha Jarqo`rg`on tumani sudining raisi Ya.Bekkamov hamda haydovchi R.Rahimnazarov shu sudga biriktirilgan xizmat avtotransport vositasida, Jarqo`rg`on tumani ma`muriy sudining raisi X.Rahimova hamda haydovchisi shu sudga biriktirilgan xizmat avtotransport vositasida tuman sudi binosi tomon harakatlanib kelayotganida, tuman markaziga kiraverishda blok postda to`xtatilgan va postdan o`tkazilmagan.

Shu vaqtda postda bo`lgan tuman hokimi Z.Davlatov boshchiligidagi ishchi guruh postdan o`tish uchun navbat kutib turgan tirband fuqarolar oldida sudya va sud xodimlarini obro`sizlantirishga uringan. Ularga qo`pollik qilib, avtomashina kalitini olib qo`yib, sud xodimini vaqtincha ushlab turish hibsxonasiga qamab qo`ygan.

Yuqoridagi holatlar bo`yicha sud xodimlariga qasddan engil tan jarohati etkazish, sudya va sud xodimlarini obro`sizlantirish, sudyaning xizmat avtomashinasi daxlsizligini buzish va boshqa holatlarga qonuniy baho berish uchun to`plangan hujjatlar Surxondaryo viloyati prokuraturasiga yuborilgan.

Mazkur holatga qonuniy baho berilishi senatorlik nazoratiga olindi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1