1

Rossiyada koronavirusga chalinganlarning 70 foizi sog`aydi

Dunyo 14.07.2020, 16:25
Rossiyada koronavirusga chalinganlarning 70 foizi sog`aydi

Rossiyada bir sutkada koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan 8804 kishi sog`aydi. Stopkoronavirus.ru sayti  tayanib berilgan ma`lumotga ko`ra, ayni paytga qadar jami 512,8 ming kishi kasallikdan tuzalgan.

Epidemiya boshlangandan buyon mamlakatda deyarli 740 mingta kasallikni yuqtirish holati qayd etilgan. Bugungi kunda koronavirusdan sog`ayganlar umumiy kasallikka chalinganlarning 70 foizini tashkil etmoqdi.  

Yana 215,5 ming kishi esa kasallikdan davolanmoqda.

O`zbekistonda ayni paytda koronavirusdan davolanish ko`rsatgichi 58 foizni tashkil etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1