AsosiyJamiyat

65-o`lim: Poytaxtda yana bir 61 yoshli erkak koronavirusdan halok bo`ldi

'65-o`lim: Poytaxtda yana bir 61 yoshli erkak koronavirusdan halok bo`ldi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligining ma`lum qilishicha, Shayxontohur tumanida yashovchi, 61 yoshli F.A. (erkak) 10 kun davomida tana haroratining ko`tarilishi, bosh og`rig`i, holsizlik, yo`tal, hansirash belgilari bilan uyida davolangan. Ammo davo muolajalari natija bermagandan so`ng  “COVID-19” infeksiyasiga namuna topshirgan va kasallik tasdiqlangan.

Joriy yil 13 iyul kuni bemor o`ta og`ir ahvolda Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasi reanimasiya bo`limiga yotqizilgan.  

Unga “COVID-19” infeksiyasi o`ta og`ir kechishi tashhisi qo`yilgan. Kasallik ikki tomonlama bronxopnevmoniya, nafas etishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Shuningdek, u qandli diabet, yurak ishemik kasalliggi, zo`riqish stenokardiyasi, gipertoniya kabi hamroh xastaliklar bilan ham og`rigan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultasiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.  

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og`irlashib, o`tkir nafas, surunkali jigar va buyrak hamda o`pka-yurak etishmovchiligidan vafot etdi.

    Boshqa yangiliklar