Koronavirus infeksiyasining engil formasi bilan kasallanib, uyida davolanayotgan bemor o`zini qanday tutishi kerak, u bilan birga yashayotganlar nimalarga e`tibor berishi kerak, ahvolini nazorat ostida ushlab turishda nima yordam beradi? Bunday savollarga O`zbekiston Innovasion sog`liqni saqlash milliy palatasi tomonidan ishlab chiqilgan Klinik qo`llanma javob topishga yordam beradi.
Dastavval shunga e`tibor qaratamizki, har qanday kasallikni shifokor nazorati ostida davolash lozim! Qo`llanmada ko`rsatilganidek, «uyda davolanish jarayonida, ya`ni kasallik alomatlarining butunlay yo`qolib ketguniga qadar yordam ko`rsatish bo`yicha bemor bilan shifokor o`rtasida o`zaro munosabat yo`lga qo`yilgan bo`lishi zarur».
Mazkur hujjat ustida Milliy palata ekspertlari tomonidan olib borilgan ish joriy yil 30 iyunda yakuniga etkazilgan va ikki haftadan so`ng Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan ma`qullangan, ya`ni shifokorlar ham, bemorlar ham unga qarab ish tutsa bo`ladi.
Yana shunisi ham muhimki, ushbu Klinik qo`llanma Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) tavsiyalariga muvofiq tayyorlangan.
So`ngi ma`lumotlarga qaraganda, koronavirus bilan kasallangan bemorlarning 40 foizida kasallik engil kechadi. Agar kasallikning shunday kechishini qisqa ta`riflasak, unda COVID-19ni aniqlashga xos klinik holatlar mavjud, lekin virussiz pnevmoniya yoki gipoksiya belgilarisiz.
Bunda shuni bilish muhimki, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallanganligi laboratoriya tomonidan tasdiqlangan, yoki shunday ehtimol mavjudligi, yoki shunday holatga shubha uyg`otgan barcha shaxslar virusning yanada tarqalishini olish maqsadida uyda o`zini o`zi yakkalashi lozim bo`ladi.
«COVID-19 ning engil formasi bilan kasallangan bemorlarni davolash bo`yicha Vaqtinchalik klinik qo`llanma» hujjatida kasallikning engil kechishiga xos bo`lgan asosiy kasallik belgilari sanalib o`tgan. Ular orasida tana haroratining 38°S dan oshishi (yoki haroratning ko`tarilmasligi), terlash, umumiy holsizlik, yo`tal,sirqovlanish, tumov yoki tomoq og`rig`i, tomoq qichishi, ko`ngil aynishi, qayt qilish va (yoki) diareya, tananing qaqshashi, bosh og`rig`i, ta`m va hid sezishning buzilishi.
COVID-19 ning engil formasi bilan kasallangan bemorni qaerda davolash — tibbiyot muassasasidami yoki uydami, — haqidagi qaror har bir aniq holatda qabul qilinishi kerakligi ko`zda tutilgan. Bu erda muhim mezonlardan biri bu — holatning birdan yomonlashuvining mavjud emasligi, shuningdek, bemorning uy sharoitini baholash ham muhim.
Hujjatning alohida bo`limi sifatida «Bemor va uning oila a`zolari uchun tavsiyalar» ajratilgan. Bu erda, xususan, «Bemorni parvarish qiladigan shaxslar soni chegaralangan bo`lishi lozim. Aslida sog`ligi mustahkam, asoratli kasalliklarsiz yoki immuniteti past bo`lmagan bir kishi tanlanishi lozim»ligi ko`rsatiladi.
Bevosita davolashga, hujjat tili bilan so`zlaganda, COVID-19 ning engil formasi bilan kasallangan bemorni davolashga kelsak, Klinik qo`llanmaga muvofiq, «simptomatik davolash: isitmasi ko`tarilganda yoki og`riqni pasaytirish uchun haroratni tushiradigan dori vositalari, holatga mos ovqatlantirish va suv balansini ushlab turish» tavsiya etiladi.
Simptomatik davolash quyidagilarni ko`zda tutadi: isitmani tushirish uchun — haroratni pasaytiradigan dori vositalari, masalan, parasetamol, ibuprofen,; kompleks terapiya uchun rinit va/yoki rinofaringit — namlaydigan/ eliminasion dor vositalari, burun-dimog` orqali qo`llaniladigan dekongestantlar; nafas yo`llarining yallig`lanishi terapiyasi uchun — mukoaktiv, bronxolitik va boshqa dori vositalarini qo`llash.
Shuningdek, jumladan rinitni uyda davolash uchun, burun bitganda va boshqa bir qator holatlarda yana boshqa tavsiyalar ham berilgan. Kasallikning engil turida yaxshi ovqatlanish kerak bo`ladi, albatta, iliq holda, vaznning har bir kilogrammiga nisbatan 30 millilitr hisobida (organizmdan zaharlarni quvib chiqarish, shilliq pardani namlab turish va tomoq-burundagi ajratmalarning ajralishini engillashtirish maqsadida).
Zudlik bilan tibbiy yordam talab qilinadigan xavotirli alomatlarga e`tibor qaratiladi. Jumladan, bosh aylanishi, nafas olishning og`irlashishi, ko`krakda og`riqning paydo bo`lishi, organizmning qurib ketishi va boshqalarga.
«COVID-19 ning engil formasi bilan kasallangan bemorlarni davolash bo`yicha Vaqtinchalik klinik qo`llanma» nafaqat shifokorlar va bemorlar uchun muhim hujjat hisoblanadi, shu bilan birga COVID-19 haqidagi bilimlar bilan qiziquvchilar uchun isbotlangan tibbiyot va xalqaro tajribaga asoslangan keng axborot manbai ham bo`lib xizmat qiladi.
U bilan ishlab chiqaruvchilarning — O`zbekiston Respublikasi Innovasion sog`liqni saqlash Milliy palatasininghttps://uzhealth.uz/ru/menu/natsionalnye-klinicheskie-protokoly sayti orqali tanishi mumkin.






