Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Habibullo Oqilov O`zbekistondagi epidemiologik vaziyat, koronavirusdan o`lim ko`rsatkichining o`sib borishi, statistik raqamlar haqidagi savollarga javob qaytardi.
❗️«Sog`liqni saqlash vazirligi o`lim holatlarini kamaytirib ko`rsatayotgani yo`q. Bizga bundan hech qanday naf yo`q. Biroq vafot etayotganlar orasida koronavirus infeksiyasiga test topshirgan va tahlil javoblari orqali tasdiqlanmagan holatlar bo`lishi mumkin. Qo`limizda bemorda koronavirus tashxisi tasdiqlangan fakt bo`lmasa, uni koronavirusdan vafot etdi, deya olmaymiz».
«O`zbekistonda 16 ta shifoxona koronavirusga chalingan fuqarolarni davolash uchun ishlamoqda. Zangiotadagi maxsus klinika esa ochilganiga bir hafta bo`lmasdan bemorlarga to`lib bo`ldi».
AOKA zalida bo`lib o`tayotgan matbuot anjumanida Habibullo Oqilov O`zbekistondagi epidemiologik vaziyat, koronavirusdan o`lim ko`rsatkichining o`sib borishi, statistik raqamlar haqidagi savollarga javob qaytardi.






