AOKA zalida bo`lib o`tayotgan matbuot anjumanida Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Habibullo Oqilov O`zbekistondagi epidemiologik vaziyat haqida ma`lumot berib, jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.
«Pandemiya boshida bir kunda 3 mingta test olgan bo`lsak, bugun kuniga 22-24 minggacha PZR test qilinyapti. Barcha markaziy va hududiy epidemologiya osoyishtalik markazlarilarga ruxsat berilgan. Lekin shu ham etmayapti.
📞 Xususiy sektorlarga ishlayotgan laboratoriyalarga PZR tekshirish vakolati berilgan. Agar xususiy klinikida kasallik borligi aniqlangan bo`lsa, fuqaroning turar-joyiga qarab oilaviy poliklinakiga xabar beriladi va satitistikaga kiritadi.
❗️Xususiy klinikalar hattoki fuqarolarning uyiga borib ham analiz olishi mumkin va tahlil natijasini fuqarolarga telefon orqali aytishi mumkin».






