AOKA zalida bo`lib o`tgan matbuot anjumanida Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Habibullo Oqilov O`zbekistondagi epidemiologik vaziyat, koronavirusdan o`lim ko`rsatkichining o`sib borishi, statistik raqamlar haqidagi savollarga javob qaytardi. Xususan, uning ma`lum qilishicha, pandemiyaning ilk kunlarida Virusologiya instituti klinikasi va Mikrobiologiya va infesion kasalliklar epidemiologiyasi instituti klinikasi ixtisoslashtirilgan. Viloyatlarda esa barcha infesion kasalliklar klinikalari ixtisoslashtirilgan. Hozirgi kunga kelib Toshkentning o`zida 16 ta klinika koronavirus bilan kurashmoqda. Shuningdek 5ta provizor klinikalarida ham kasallik engil va o`rtacha kechayotgan bemorlarni davolanmoqda.
"Zangiotadagi maxsus klinika esa ochilganiga bir hafta bo`lmasdan bemorlarga to`lib bo`ldi", - deya qo`shimcha qildi Habibullo Oqilov.






