AsosiyJamiyat

Poytaxtlik koronavirusga chalingan er-xotin nafas etishmovchiligidan vafot etdi

'Poytaxtlik koronavirusga chalingan er-xotin nafas etishmovchiligidan vafot etdi'ning rasmi

Olmazor tumanida yashovchi 68 yoshli K.A. (erkak) va uning turmush o`rtog`i 67 yoshli S.A. tana harorati 38 S gacha ko`tarilishi, umumiy holsizlik sababli joriy yilning 5 iyul kuni tez tibbiy yordam mashinasida Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib borilgan. Bemorlardan “COVID-19” infeksiyasiga namuna olingan va kasallik tasdiqlangan.

Ularga ixtisoslashgan tibbiy yordam ko`rsatish maqsadida shahar 1-sonli klinik shifoxonasiga olib kelinib, reanimasiya bo`limiga yotqizilgan. Har ikki bemorda o`tkir nafas etishmovchiligi kuzatilgani sababli sun`iy nafas olish apparatiga olingan. Ularga “COVID-19” infeksiyasi og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya, o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligi tashxisi qo`yilgan.

Shuningdek, yurak ishemik kasalligi, stenokardiyasi, gipertoniya arterial gipertenziya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og`rigan.

Shifoxonada bemorlarning davolanishi davomida tibbiyot xodimlari tomonidan konsiliumlar o`tkazilgan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.  

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan er-xotin bemorlarning ahvoli keskin og`irlashib, o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligidan vafot etgan.

 

    Boshqa yangiliklar