1

Koronavirusga chalinib, undan tuzalgan kishi boshqalarga maslahat berdi

Jamiyat 15.07.2020, 07:28
Koronavirusga chalinib, undan tuzalgan kishi boshqalarga maslahat berdi

O`zbekiston Musulmonlari idorasi rasmiy saytida koronavirusga chalinib, undan tuzalgan kishining boshqalarga qilgan maslahati e`lon qilindi. 

«Kimlargadir kerak bo`lib qolar, degan o`yda kasallik tariximni yozib qo`yyapman. Alloh hamma bemorlarga shifo bersin.

KASALLIK TARIXI VA DAVO USULLARI

• 2020 yil 23 martdan 2020 yil 6 aprelga qadar, 14 kun mobaynida isitmam tushmadi. Qattiq sovqotdim, titradim, biroz boshim og`ridi, nafas olishim qiyinlashdi.

• Isitmaning o`n birinchi kuni, 2020 yilning 3 aprelida doktor kelib, «Katta ehtimol bilan koronavirus bo`lishi mumkin», dedi. Shifoxonaga borishga rozi bo`lmadim. Ular ham majbur qilmadilar.

• Tahorat olishim va namoz o`qishim biroz og`ir bo`lsa-da, davom etib turdi va bu juda katta ma`naviy quvvat bo`ldi.

• 2020 yil 6 aprel, dushanba kunidan bugunga qadar isitmam chiqmadi. Faqat quvvat yo`q, xolos.

• 2020 yil 7 aprel, seshanba kuni mashinada biroz yurib ko`rdim. Xato qilgan ekanman. Darrov to`xtatdim.

• Chorshanba va payshanba kunlari taxminan 300 metrdan piyoda yurdim. Qattiq charchadim.

• Kecha juma kuni taxminan 2 km yurdim. To`rtga bo`lib. 500 metrdan. Har yurganimda qattiq charchadim va qotib uxladim.

• Bugun birdaniga 2 km yurib keldim. Qattiq charchadim va qotib uxladim. Isitmam chiqmadi.

ODAMLARNING KO`RSATMALARI, MASLAHATLARI BILAN QUYIDAGI DAVOLARNI QO`LLADIM:

1. Zanjabilni asalga aralashtirib qo`yib, tinimsiz choy qilib ichdim. Hozirgacha ichyapman.

2. Xushxo`r bo`lishi uchun qizil malinadan ham aralashtirib turdim.

3. Oyog`imning ostiga piyoz bosib yurdim, uxladim.

4. Parasetamol ichib turdim. Isitmam tushganidan keyin to`xtatdim.

5. Oyog`imni bir necha marta issiq suvga solib o`tirdim.

6. Yaxshi ovqatlandim. Ko`proq sho`rva va mastava. Parhezni to`xtatdim. Semirib ketib qolishdan ko`ra tuzalmay qolishdan ko`proq qo`rqdim.

7. Olma sirkasini suvga aralashtirib badanimga surtdim. Spirt bilan ham shunday qildim.

8. Sedana yog`ini ichdim. Sedanani asalga aralashtirib edim.

9. Asal va limonli choy ichdim. Ko`p ichdim.

10. Qaynagan suvning o`zini ham ko`p ichdim.

11. Isitma biroz tushganidan keyin malham surib massaj oldim.

12. Ko`p Qur`on eshitdim. Atrofimdagilar Qur`on o`qib dam soldilar.

13. Xonani tez-tez shamollatib, havosini almashtirib turdilar".

2020 yil 11 aprel kuni yozilgan

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1