Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasining birinchi raisi vafot etdi

Jamiyat 15.07.2020, 08:22
Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasining birinchi raisi vafot etdi

O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi jamoasi Qo`mitaning birinchi raisi (2016 - 2017 yillar) Anvar Kurbanovich Sharapovning vafoti munosabati bilan uning oila a`zolari va barcha yaqinlariga hamdardlik bildirdi. 

A.K.Sharapov o`z xizmat faoliyati davomida qator davlat idoralarida mehnat qilgan. Xususan, uzoq yillar mobaynida Vatanimiz tinchligi, farovonligi yo`lida huquqni muhofaza qilish organlarida (1993 - 2014 yillar), O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonida (2014-2016 yillar) mas`ul lavozimlarda, xususan Prezident maslahatchisining birinchi o`rinbosari lavozimida xizmat qilgan. Anvar Kurbanovich Sharapov 2016 yil 14 dekabrda O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisi etib tayinlangan va bir yil davomida ushbu lavozimda faoliyat yuritgan. O`zbekiston turizm sohasidagi islohotlar aynan o`sha davrda boshlangan bo`lib, Anvar Kurbanovich ularga bosh-qosh bo`lgan. Anvar Sharapovning Qo`mitadagi faoliyati davomida turizmni rivojlantirishga doir 20 ga yaqin normativ hujjatlar qabul qilingan. Shu davrda Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasining tarkibi to`liq shakllantirilgan, viloyatlarda hududiy departament va boshqarmalar ochilgan, davlat unitar korxonalari tashkil qilingan. 

Anvar Kurbanovich hamkasblari orasida fidoyi mehnati bilan bir qatorda o`zining insoniy fazilatlari bilan ham yodda qolgan: oqko`ngil, samimiy hamda shogirdlariga doim yordamga shay inson bo`lgan. Shu bilan birga, Sharapov  turizm sohasi tadbirkorlariga doim o`z maslahatlarini berib kelgan, ularga yo`l-yo`riq ko`rsatgan. Anvar Sharapov fidokorona mehnatlari uchun “Do`stlik” ordeni va “Jasorat” medali bilan taqdirlangan. A.K.Sharapov bir umrga biz hamkasblarning xotirasida mehribon ota hamda xalq dardi bilan yashovchi jonkuyar rahbar sifatida qoladi. Alloh oxiratlarini obod qilsin, deyayiladi jamoa nomidan bildirilgan hamdardlik xabarida.                                              

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1