AsosiyJamiyat

Poytaxtdan koronavirusning navbatdagi qurboni chilonzorlik 66 yoshli erkak bo`ldi

'Poytaxtdan koronavirusning navbatdagi qurboni chilonzorlik 66 yoshli erkak bo`ldi'ning rasmi

SSV O`zbekistonda koronavirusning navbatdagi qurbaoni haqida xabar berdi. 

Chilonzor tumanida yashovchi 66 yoshli I.I.da (erkak) joriy yilning 5 iyulida hansirash, yo`tal paydo bo`lgan va uy sharoitida davolanishni boshlagan.  

Ammo ahvoli og`irlashavergach, 8 iyul kuni tez tibbiy yordam mashinasida Zangiota tuman ko`p tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib kelingan. Nafas etishmovchiligi belgilari kuchaygani sababli reanimasiya bo`limiga  yotkizilgan. Unga “COVID-19” infeksiyasi o`ta og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Kasallik o`tkir nafas hamda surunkali buyrak etishmovchiligi bilan kechgan.

Shuningdek, yurak ishemik kasalligi, gipertoniya, qandli diabet, bosh miya qon tomirlari aterosklerozi kabi hamroh kasalliklari bilan ham og`rigan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida tibbiyot mutaxassislari tomonidan konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.  

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og`irlashib, o`tkir nafas, surunkali buyrak hamda o`pka-yurak etishmovchiligidan vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar