1

Bir kechada O`zbekistonda yana 208 kishida koronavirus aniqlandi

Jamiyat 15.07.2020, 10:01
Bir kechada O`zbekistonda yana 208 kishida koronavirus aniqlandi

2020 yil 15 iyul soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 14293 (+208) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 75 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 71 nafari Toshkent shahrida hamda 62 nafari Andijon viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 8327 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 5898 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 51 nafari og`ir, 6 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1