1

Qirg`iziston Prezidentini sudga berishdi

Dunyo 15.07.2020, 10:18
Qirg`iziston Prezidentini sudga berishdi

So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, Qirg`iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekovni mamlakatda koronavirus tufayli yuzaga kelgan og`ir vaziyat tufayli sudga berishgan. Bu haqda Milliy matbuot markazi yozmoqda.  

Arizachi Raushan Aytqulova ismli ayol bo`lib, o`z arizasiga prezident bilan birga yana bir necha yuqori lavozimli shaxslarning nomini ham qo`shgan.  

Ayolning gapiga qaraganda, aynan prezident va uning qurshovidagi bir necha yuqori lavozim egalari koronavirus epidemiyasi keng tarqalib ketishiga yo`l qo`yishgan.  

Buning oqibatida har kuni bemorlar o`lim topmoqda. Aytqulovaning arizasiga jami 2, 5 ming nafar fuqaro o`z imzolagan.

Eslatib o`tamiz, hozir Qirg`izistonda koronavirus yuqtirganlar soni 11,5 ming nafarni tashkil etmoqda. 149 kishi vafot etdi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1