OAVga uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishga ruxsat beriladimi?

Jamiyat 15.07.2020, 10:39
OAVga uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishga ruxsat beriladimi?

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi yangi tahrirdagi “Ommaviy axborot vositalari to`g`risida”gi qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo`ydi.  

Unda qator yangiliklar ko`zda tutilgan. Jumladan, OAV foto- va videomateriallarni tayyorlash maqsadida qonunchilikda belgilangan tartibda ruxsatnoma olish orqali tegishli davlat organi tomonidan belgilab berilgan hududlarda, qirq metrgacha bo`lgan balandlikda, vazni uch kilogrammdan ziyod bo`lmagan uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishi mumkin.

Shuningdek, loyihada ro`yxati qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadigan tegishli ko`rsatkichlar bilan suratga olish taqiqlangan hududlardan tashqari jamoat joylari, bino va inshootlarni hech qanday cheklovlarsiz foto va video tasvirga olish huquqi, OAVlar ustav fondida chet el investisiyalarining ulushini o`ttiz foizdan qirq to`qqiz foizgacha oshirishga ruxsat berilmoqda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1