AsosiyJamiyat

O`zbekistonliklarga Janubiy Koreyaga kirish tartibi qat`iylashtirilishi mumkin

'O`zbekistonliklarga Janubiy Koreyaga kirish tartibi qat`iylashtirilishi mumkin'ning rasmi

Janubiy Koreya COVID-19 tarqalishiga qarshi karantin choralari kuchaytirilgan davlatlar ro`yxatini kengaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Chon Se Gyun ma`lum qiladi, deb yozmoqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi matbuot kotibi.

Ta`kidlanishicha, ro`yxatga boshqa davlatlar qatorida O`zbekiston va Filippin ham kirishi mumkin.

Ma`lumot o`rnida:

13 iyuldan boshlab Qozog`iston, Qirg`iziston, Bangladesh va Pokiston fuqarolari uchun mamlakatga kirish tartiblari kuchaytirilgan edi.

    Boshqa yangiliklar