1

Akmal Burhonov Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori etib tayinlandi

Jamiyat 15.07.2020, 11:38
Akmal Burhonov Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori etib tayinlandi

«Yuksalish» umummilliy harakati raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Akmal Burhonov Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori etib tayinlandi. Bu xabarni «Yuksalish» umummilliy harakat  tasdiqladi.

Agentlik korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi mamlakatda korrupsiya holatini tizimli tahlil qilishdir.

Ma`lumot uchun, Akmal Burhonov 1981 yili Namangan shahrida tug`ilgan. 2001 yilda Toshkent davlat yuridik instituti bakalavriatini, 2003 yili shu institutning magistraturasini tamomlagan. 2007 yilda Yaponiyadagi Nagoya davlat universitetini tugatib, ushbu universitet doktoranti ilmiy unvonini olgan.

2014 yilda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan.

2017—2019 yillarda «Taraqqiyot strategiyasi» markaziga direktori lavozimida faoliyat yuritgan. 2019 yil boshidan buyon «Yuksalish» umummilliy harakati raisi hisoblanadi.


 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1