AsosiyDunyo

Xorijiy talabalarga AQShda qolishga ruxsat berildi

'Xorijiy talabalarga AQShda qolishga ruxsat berildi'ning rasmi

AQSh prezidenti Donald Tramp ma`muriyati o`tgan xaftada e`lon qilingan qarorni bekor qildi. Bu haqda Uzreport yozmoqda. 

Qarorga ko`ra mamlakat hududidagi xorijiy talabalar kuzdagi o`quv darslari onlayn tarzda bo`lsa mamlakatni tark etishlari kerak edi.

Massachusets shtati sudyasi, AQSh hukumati, Garvard va Massachusets texnologiya instituti ushbu chorani ko`rib chiqib, yangi qoidalarni bekor qilish va oldingi tizimni qayta tiklash uchun kelishuvga erishganini aytdi. 
Universitetlar qarorning noqonuniy ekanligini va ularning ilmiy institutlariga salbiy ta`sir ko`rsatishini ta`kidladilar.

Seshanba kuni e`lon qilingan yangilik AQSh kollejlari va universitetlaridagi bir milliondan ortiq xorijiy talabalarga engillik yaratdi.

    Boshqa yangiliklar