1

Xalqaro reyting va indeksdagi O`zbekiston o`rnini yaxshilash masalasi muhokama qilindi

Jamiyat 15.07.2020, 15:34
Xalqaro reyting va indeksdagi O`zbekiston o`rnini yaxshilash masalasi muhokama qilindi

Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo`yicha respublika kengashining videokonferensaloqa tarzida yig`ilishi bo`lib o`tdi. Uni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo`yicha respublika kengashi raisi Tanzila Narbaeva olib bordi.

Ma`lumot uchun: Joriy yilning 3 iyul kuni BMTning sanoatni rivojlantirish tashkiloti (UNIDO) tomonidan chop etilgan “Raqobatbardosh sanoat unumdorligi” indeksining 2020 yilgi hisobotida mamlakatimiz ilk marotaba aks ettirilib, 152 ta mamlakat orasida 92-o`rinni, MDH tarkibiga kiruvchi respublikalar orasida 5-o`rinni, Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida 2-o`rinni egalladi.

Yig`ilishda Xalqaro reyting va indeksdagi mamlakatimiz o`rnini yaxshilash ko`p jihatdan qabul qilingan qonunlarimizning joylardagi ijrosi bilan bog`liqligi ta`kidlandi. Bundan tashqari, bu jarayonda ommaviy axborot vositalari vakillari, jumladan, jurnalist va blogerlar bilan hamkorlik qilish zarurligi qayd etildi.

Shu bilan birga, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari muayyan tor doiradagi shaxslarning manfaatiga xizmat qilishi kerak emasligiga urg`u berildi.

Shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy sohalardagi xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashga mas`ul vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari uchun ishlab chiqilgan trening dasturlari muhokama qilindi.

Treninglar yuzasidan taqdimotlar va tarqatma materiallar puxta va qiziqarli bo`lishi kerakligi, trenerlarning malakasi va treninglarning sifati uchun Kengash ishchi organlari shaxsan mas`ul hisoblanishi ta`kidlandi.

Kengash a`zolari tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflarni inobatga olib, Kengashning tegishli qarori qabul qilindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1