AsosiyDunyo

Ertadan boshlab Moskva aholisi koronavirus uchun bepul test topshirishi mumkin

'Ertadan boshlab Moskva aholisi koronavirus uchun bepul test topshirishi mumkin'ning rasmi

Ertadan boshlab, Moskva aholisi koronavirus uchun bepul test topshirishi mumkin. Buning uchun shahardagi 207 ta klinikada test olinadigan shoxobchalar ochiladi.

Moskva shahri ma`muriyatining ma`lum qilishicha, koronavirus infeksiyasi bilan yangi kasallanish holati sonining kamayishi sababli imkoniyatlar kengaygach, testlarni bepul o`tkazish bo`yicha qaror qabul qilingan.

Shaharda bir sutkada o`rtacha 50 mingtagacha test olish imkoniyati mavjud. Epidemiya boshlangandan buyon esa 4,3 million tahlil olingan.

    Boshqa yangiliklar