Koronavirusning 69-qurboni: uy sharoitida davolanishni boshlagan piskentlik 37 yoshli erkak vafot etdi

Jamiyat 15.07.2020, 17:50
Koronavirusning 69-qurboni: uy sharoitida davolanishni boshlagan piskentlik 37 yoshli erkak vafot etdi

SSV O`zbekistonda koronavirusning 69-qurboni haqida xabar berdi

Piskent tumanida yashovchi, 37 yoshli M.M.da (erkak) joriy yil 3 iyulda hansirash, yo`tal paydo bo`lgan va uy sharoitida davolanishni boshlagan.  

Ammo ahvoli og`irlashavergach, shu yilning 9 iyulda tez tibbiy yordam mashinasida Zangiota ko`p tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimasiya bo`limiga yotqizilgan.  

12 iyul kuni esa bemorda o`pka arteriyasi tromboemboliyasi belgilari boshlangan va sun`iy nafas olish  apparatiga ulangan. Unga “COVID-19” infeksiyasi o`ta og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Kasallik o`pka arteriyasi tromboemboliyasi, o`tkir nafas etishmovchiligi bilan kechgan.  

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultasiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.  

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og`irlashib, o`pka arteriyasi tromboemboliyasi, o`tkir nafas va o`pka-yurak etishmovchiligidan vafot etgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1