1

Ayni paytda O`zbekistonning 5 ta hududidan yana 173 kishida koronavirus aniqlandi. 3 viloyatdan 16 kishi tuzaldi

Jamiyat 15.07.2020, 17:55
Ayni paytda O`zbekistonning 5 ta hududidan yana 173 kishida koronavirus aniqlandi. 3 viloyatdan 16 kishi tuzaldi

2020 yil 15 iyul soat 17:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 14466 (+173) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar qildi.

Yangi kasallanish holatlarining 56 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 60 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi hamda tana harorati ko`tarilganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 21 nafari Namangan viloyatida (shundan 16 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 5 nafari aholi orasida), 19 nafari Andijon viloyatida, 12 nafari Qashqadaryo viloyati hamda 5 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bugun Qashqadaryo viloyatida 8 nafar, Jizzax viloyatida 4 nafar, Farg`ona viloyatida ham 4 nafar, jami 16 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib yurtimizda 8343 (+16) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (57 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 6054 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1